📚📚📚
📖📖📖
2026-yil 12-oktabr kuni Kogon tuman Axborot-kutubxona markazida Nabijon Hoshimovning “Qurbon va Kristina”, “Erlibosli ayol”, “Go’zallik safari”, “Poklanish” asarlari taqdimoti bo’lib o’tdi.
💡Har bir asarning asl mazmuni, qahramonlari va muallif ilgari surgan g’oyalarini kitobni diqqat bilan o’qish orqali chuqurroq anglaymiz.
✨Adabiyot — inson qalbiga yo‘l topadigan, uni fikrlashga, hayotni teranroq anglashga va o‘zini tahlil qilishga undaydigan buyuk ma’naviy kuchdir. Yaxshi asar insonni shunchaki voqealar bilan tanishtiribgina qolmay, balki uning qalbida savollar uyg‘otadi, yaxshilik va yomonlik, sadoqat va xiyonat, go‘zallik va ezgulik haqida mushohada yuritishga chorlaydi.




