2026-yil 8-oktabr kuni Kogon tuman Axborot-kutubxona markazida turk yozuvchisi va pedagogi – Adem Guneshning “Jazosiz tarbiya” asarining taqdimoti bòlib òtdi.
Bu kitobning asosiy ģoyasi — bolani jazolash orqali emas, uni tushunish, his-tuyģularini qabul qilish va tòģri yòl koòrsatish orqali tarbiyalashdir.
🌱 Asarning asosiy xulosasi,
Jazosiz tarbiya — bolaga hamma narsaga ruxsat berish degani emas. Aksincha, bolaga mehr bilan birga aniq chegaralarni belgilash, uning xatosini tushuntirish va tòģri xatti-harakatni òrgatishdir.
Bu asar nafaqat ota-onalar, balki tarbiyachilar, òqituvchilar va bolalar bilan ishlaydigan barcha insonlar uchun foydali qòllanma bòla oladi.


