Joriy yilning 14-iyul kuni Kogon tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Tuman tibbiyot birlashmasi bolalar bòlimida tashkil etilgan kòchma kutubxonasida “Kitob òqigan bola-baxtli bola” nomli davra suhbati òtkazildi.Baxtli bolalikning eng gòzal hamrohi – kitobdir. Kitob bilan dòstlashgan bola vaqtini mazmunli òtkazadi, bilimli, odobli va komil inson bòlib voyaga yetadi. Shu bois har bir farzand qalbida kitobga muhabbat uyģotish – ularning porloq kelajagiga qòyilgan eng qimmatli sarmoyadir.
Kitob òqigan bola – baxtli bola, baxtli bola esa yurtimizning porloq kelajagidir!


