Kogon tuman Axborot-kutubxona markazida 2026-yilning 6-iyul kuni IIB xodimlari hamkorligida “Qonun ustivorligi –adolat kafoloti” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Yangi O‘zbekistonda sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish, huquqbuzarliklarni aniqlashdan ko‘ra, ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf etish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari malakasini oshirish, ularni xalqqa yaqinlashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini yuksaltirish, pirovardida fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.



