Kogon tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari tumandagi tashkil etilgan 15- son madaniyat uyi hamkorligida ko‘chma kutubxonasida ”O‘lkamiz ijodkorlari” nomli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda o‘lkamizning shiorasi Shohista Jo‘raeva va olima ayol ijodkor Zebo Aminovalar tashrif buyurdilar.Yoshlarni badiiy adabiyotga oshno qilish orqali ularda vatanparvarlik fazilati va shu yurtga daxldorlik hissini oshirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda ijodkorlarning ibratli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to‘plamlari,haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbirda badiiy ijod mashaqqatlari, bugungi adabiy jarayon, unda yoshlar masalasi, yangi asarlar, yosh qalamkashlar ijodi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.


