Joriy yilning 20-may kuni Kogon tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari Kogon tuman Madaniyat bo’limining ko’chma kutubxonasiga tashrif buyurib,”Kogon”MFY aholisining faol kitobxonlari hamkorligida “Kitobxonlik – ma’naviyat va tafakkur manbayi” nomli davra suhbati o’tkazildi. Kitob ong va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida inson ruhini tarbiyalaydi, shaxsni shakllantiradi. Kitob odamdan mutolaada nafaqat ko’z va aql, shuningdek, ko’ngil ham birdek ishtirok etishini talab qiladi. Kitob o’qishdan maqsad aql-tafakkur bilan uni mantiqiy muhokama etishgina emas, balki chin yurakdan zavqlanish, ta’sirlanish, o’zlikni, haqiqatni izlab topish hamdir.


