Kogon tuman Axborot- kutubxona markazida 18 mau kuni Taraqqiyot MFY fuqarolari hamkorligida “Kitobxon onalar kuniga” bag‘ishlab “Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati” nomli davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirdan ko’zlangan maqsad xotin-qizlarimiz, ayniqsa uy bekalari o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, kitobxon onalar sonini ko’paytirish orqali farzandlar tarbiyasini, maʻnaviyatini, madaniyatini oshirishga xizmat qilishdir. Kitob o‘qish nafaqat savodxonlik va ta‘lim imkoniyatlarini oshirish balki insonning ichki dunyosini go‘zallashtirib, uning sayqallanishiga xizmat qiladi.


