Joriy yilning 13-may kuni Kogon tuman “Navro’z” MFY sida Kogon tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ko’chma kutubxonasiga o’zbek va chet el adabiyotlarining durdona asarlari bilan boyitildi.Kitob – insonning eng yaqin doʻsti va maslahatchisi hisoblanadi. Uni ilim manbai, deb ham ataymiz. Kitob – fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai hamdir. Uni varaqlar ekanmiz, xulosa chiqarishga oʻrganamiz, dunyoqarashimiz boyib boradi, dunyo ilmlarini kashf etamiz. Bugungi kunda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga mamlakatimiz miqyosida eʼtibor qaratilmoqda.


