2026-yilning 22-iyul kuni Kogon tuman Axborot-kutubxona markazida yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish maqsadida Kogon tuman madaniyat bo’limi xodimlari bilan birgalikda “Kitob-ma’rifat ko’zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida yoshlar, kitob orqali yangi g‘oyalar, fikrlar va dunyoqarashlarni kashf etish imkoniyatiga ega ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan yangi kelgan adabiyotlar ma’lumotlar berildi.Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, har bir oilada shaxsiy kutubxonalar tashkil etish, ota-ona farzandining kitob o‘qishiga bevosita ko‘makchi bo‘lishi kerak.


