O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilishi belgilab olindi.Kogon tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari 17-iyun kuni faol kitobxonlar hamkorligida «Kitob ilm va hikmat manbai” nomli davra suhbati o‘tkazildi.Yozgi ta’tilni nafaqat dam olish, balki yoshlar uchun o‘sish, o‘rganish, rivojlanish va yangi imkoniyatlar sari yo‘l sifatida qaralayotganligini ko‘rsatmoqda. Mazkur tashabbus kelajak avlodning sog‘lom, bilimli va faol bo‘lib ulg‘ayishi uchun muhim zamin yaratadi.


