Joriy yilning 12- may kuni Kogon tuman AKMda 15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila-ma’naviyat qo‘rg‘oni” mavzusida “Ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo‘lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o‘sib-unayotgan bolalarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilar ekan, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi.

