Kogon tuman Axborot-kutubxona markazida 23-aprel kuni faol kitobxonlar hamkorligida ”Milliylik va milliy qadriyatlar” nomli davra suhbati o‘tkazildi.Milliy qadriyatlar -millat uchun ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq xoslik shaklidir. Dunyoda o‘ziga xos qadriyatlari bo‘lmagan millat yo‘q. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati, madaniyati bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda O‘zbekistonda milliy qadriyatlarga e’tibor kuchaydi. Bu ona yurtga ehtirom, avlod-ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, hayo, andisha kabi xususiyatlarning ustuvorligi bilan tavsiflanadi.


