Kogon tuman Axborot-kutubxona markazida 16-aprel kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazi Kogon tuman bo’linmasi hamkorligida “Zakovat” intelektual o’yini o’tkazildi.Yoshlarni intelektual salohiyatini oshirish, bilim darajasini rivojlantirish maqsadida tabdir tashkil gilindi. Tadbirda “Adolat”,”Jasorat”,”Yangi O‘zbekiston”,”Sohibqiron” jamoalari o’zaro bellashdilar. Tadbirda faol ishtirok etgan jamoa ishtirokchilari “Tashakkurnoma” va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

