Kogon tuman Axborot-kutubxona markazida 15-aprel kuni
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan VI Respublika kitobxonlik haftaligi doirasida xalq mehrini qozongan shoir Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlab Inson ijtimoiy markazi xodimlari hamkorligida “Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Istibdod iskanjalaridan ozod inson qalb kechinmalari butun rang-barangligi bilan tarannum etilayotgan mustaqillik davri adabiyoti haqida so‘z yuritganda, beixtiyor, ana shu davr adabiyotining yorqin siymolaridan biri O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodi yodimizga keladi.Tadbir so‘nggida shoirning she’rlaridan aytib o‘tildi.


