Kogon tuman Аxborot-kutubxona markazida 7-sentabr kuni “Taraqqiyot” MFY kitobxonlari hamkorligida “Konstitutsiya va inson huquqlari “ nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Insoniyat tarixi ixtirolarga boy. Shu ixtirolar natijasida xayot rivojlanib, yashash uchun imkoniyatlar kengayib boradi. Xar qanday ixtirolar u tabiat qonuni bo‘lsin, jamiyat qonuni bo‘lsin, yoki turmush tarzini yengillashtiradigan bo‘lsin yo tasodif tufayli yoki zaruriyat tufayli vujudga keladi. Ixtirolarni, yangiliklarni vujudga kelishiga inson aql-zakovati, turmush tarzi, ongi ta’sir qiladi.Insoniyat tarixida insonlarni aql-zakovati maxsuli sifatida ixtiro qilingan va taraqqiyotga katta xissa qo‘shgan ixtirolardan biri Konstitutsiyadir.



