2026-yilning 3-iyun kuni Kogon tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari “Mustaqillik” MFY sida tashkil etilgan mahalla kutubxonasiga tashrif buyurdilar. “Mustaqillik ” MFY sining kitobxonlari hamkorligida “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati kózgusi” mavzusida davra suhbati òtkazildi. Suhbat davomida har bir mutolaa qilingan kitob qalb xazinasiga qo‘shilgan bebaho boylik ekanligi hamda kitob va kitobxonlikni qadrlash – ma’naviyatni qadrlash degani ekanini ta’kidlandi.Shuningdek, kitob o‘qish inson tafakkurini boyitishi, nutq madaniyatini rivojlantirishi va ma’naviy barkamollikka xizmat qilishi alohida qayd etildi.



