Kogon tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari joriy yilning 15-sentabr kuni tuman Soliq inspeksiyasi bo‘limiga tashrif buyurib kitobxonlar uchun yangi kelgan adabiyotlar yuzasidan “Kitob tafakkur ko‘zgusi” nomli davra suhbati o‘tkazildi. O’qish – bu nafaqat bilimlarni oshirish, balki yangi g’oyalar va hissiyotlar dunyosiga kirishdir. Kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Mutolaa qilgan insonning aqli charxlanib, ma’naviyati boyib, yetuklik sari ildamlayveradi. Har bir kitob sizga o’zining hikoyasi, qahramonlari va saboqlari bilan yangi bir sayohatni taklif etadi.


