2026 yil 27 – avgust kuni Kogon tuman Axborot – kutubxona markazida “Yoshlar kuni” munosabati bilan O’zbekiston Milliy kutubxonasining 2026 yil 5 – iyundagi 59 – son buyrug’ida ko’rsatilgan “Hududiy axborot – kutubxona markazida faoliyat olib borayotgan yoshlarni boshqaruv organlari rahbarlari bilan birgalikda yoshlar uchun “Bir kunlik rahbar” loyihasida ishtirok etishga imkoniyat yaratish” ijrosini ta’minlash maqsadida axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish mutaxassisi Mustafoqulova Rushana “Bir kunlik rahbar” etib tayinlandi.Yoshlar – har qanday jamiyatning kelajagi, millatning ertangi kuni, davlatning tayanchi.Ularning qalbida ishonch va g‘ururni uyg‘otish, orzu-intilishlariga yo‘l ochish esa bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.




