Kogon tuman Axborot-kutubxona markazida 4-may kuni Ichki ishlar xodimlari hamkorligida «Inson hayoti,huquqlari-oliy qadriyat”nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Yurtimizda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish birlamchi vazifalardan sanaladi. Bunda jamiyatimizda mavjud milliy institutlar ichida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining o‘rni beqiyosdir.


