Kogon tuman Axborot-kutubxona markazida 17-aprel kuni
Kitobxon onalar kuniga atab “Kitobxonlik oiladan boshlanadi” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda onalar o’zlarining eng sevimli kitoblari bilan bo’lishib, kitobxonlikning bolalar tarbiyasidagi o’rni va ahamiyati haqida gapirib o‘tdilar. Onalarga o’zlarining kitoblar bilan bog’liq tajribalari bilan o’rtoqlashish imkoniyatini yaratadi va o’zaro fikr almashish orqali yanada ko’proq bilim olishga yordam beradi. Har oyda o’tkaziladigan bu tadbirlar nafaqat onalar va bolalar uchun, balki kitobxonlikni sevuvchi barcha uchun katta ahamiyatga ega bo’lib, o’qishning quvnoq va foydali taraflarini keng targ’ib etadi.



