Milliy liboslar, milliyligimiz ramzi!
Kogon tumanida ham Milliy liboslar kuni keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Kogon tumani oila va xotin-qizlar bo’limi hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi hamkorligida milliyligimizni o’zida aks etgan “Milliy libos” hamda “milliy do’ppi” chellenjlari tashkil etilib, unda milliyligimiz tarannum etildi.O’zbek xalqining milliy urf-odat va an’analari, estetik qarashlarini o’zida jamlagan milliy liboslar o‘ziga xos xususiyatlari bilan yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otadi.


