Joriy yilning 3-iyun kuni Kogon tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari “Sarayon” MFYsida tashkil etilgan mahalla kutubxonasida tashrif buyurdilar.Mahalladagi faol kitobxonlar hamkorligida “Kitob-ilm va hikmat manbai” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Kitobxonlik oiladagi muhitga ham bog‘liq. Ma’rifatli oilalarda kitobga e’tibor farzandlar tarbiyasida qo‘l keladi. Inson o‘zining fikrlash qobiliyati, ma’naviyat dunyosi bilan tirik deb aytib o‘tildi.

