1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Kogon tuman Axborot-kutubxona markazida “Bolalar ertangi kunning kuch-qudrati” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Aziz bolajonlar! Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaymiz. Bolajonlarimizning yuzidagi tabassum inson nigohini quvontiruvchi eng ajoyib tuyg’u desak adashmaymiz. Bolalarga bo’lgan muhabbat hayotingizga yangi ma’no va quvonch olib kelishini, faqatgina ijobiy hissiyotlar va ilhom hadya etishini tilaymiz. Bolalar kulgusi yangrasin, umid uchqunlari paydo bo’lsin va orzular amalga oshsin!


